OKO’ga xush kelibsiz

"OKO" gastrobariga xush kelibsiz!

Bu yer - nafis ta'm, go'zallik va sokinlik uyg'unlashgan maskan.

Dam olishingiz yanada yoqimli bolishi uchun, iltimos, quyidagi ichki tartib-goidalar

bilan tanishib chiqishingizni so'raymiz:


Tug‘ilgan kun egalari uchun imtiyozlar

Tug‘ilgan kunda mehmonlar butun menyu bo‘yicha 20% chegirmadan foydalanishlari mumkin. Hisobga mehmonlar sonidan qat’i nazar 10% servis haqi qo‘shiladi.


Servis

6 nafargacha mehmonlar uchun servis haqi hisobga kiritilmaydi.

6 va undan ortiq mehmonlar uchun esa 10% servis haqi avtomatik tarzda qo‘shiladi.


Ish vaqti

OKO seshanbadan yakshanbagacha soat 18:00 dan boshlab mehmonlar uchun ochiq. Dushanba — texnik xizmat va yangi haftaga tayyorgarlik kuni.

Kechalarning muhiti

Juma va shanba — OKO ritmidagi kechalar: DJ setlar yangraydi, chiroqlar yumshaydi va muhit sekin-asta bar uslubiga o‘tadi.

Seshanba, chorshanba, payshanba va yakshanba — restoran shaklidagi kechalar, e’tibor ta’m, qulaylik va panoramali manzaraga qaratiladi.


Ijaraga olish va shaxsiy tadbirlar

Agar siz shaxsiy tadbir yoki yaqin do‘stlar davrasida kechki ovqat tashkil qilmoqchi bo‘lsangiz,

biz siz uchun o‘ziga xos, eksklyuziv muhit yaratishda yordam beramiz.


Sizning qulayligingiz biz uchun muhim

Agar sizda allergiya yoki alohida ovqatlanish istaklari bo‘lsa, iltimos, bu haqda ofitsiantga ayting.

Biz sizning qulayligingizni qadrlaymiz va kechangizni yoqimli o‘tishi uchun g‘amxo‘rlik qilamiz.

E’tibor bering:

menyudagi narxlar nol’siz ko‘rsatilgan, lekin doimo so‘mda hisoblanadi.

Masalan: 110 — bu 110 000 so‘m degani.

 

Kiyim-bosh qoidalari (Dress-code)

Soat 18:00 dan boshlab gastro-barda tavsiya etilgan kiyim uslubi amal qiladi: Smart casual, nafis yoki kechki uslub — joyning muhitiga mos tanlov. Iltimos, sport kiyimlari, plyaj liboslari va beparvo ko‘rinishlardan tiyiling. Poshnali oyoq kiyim kiygan xonimlar qulay bo‘lishi uchun zalda yumshoq shippaklar mavjud.

 

Chekish qoidalari 

Oddiy sigaret chekish faqat maxsus ajratilgan joyda ruxsat etiladi —

ofitsiant sizga uning joylashuvini ko‘rsatadi.

Elektron sigaret va veyplardan asosiy zalda foydalanish mumkin,

ammo atrofdagi mehmonlarning qulayligini inobatga olishingizni so‘raymiz.

Bolalar bilan mehmonlar

Biz bolalar bilan kelgan mehmonlarni mamnuniyat bilan kutib olamiz,

biroq joyimizning kontseptsiyasini inobatga olishingizni so‘raymiz.

Restoranda bolalar xonasi yoki animatorlar yo‘q,

chunki OKO dam olish va osoyishtalik muhitiga yo‘naltirilgan joydir.

Kichik mehmonlar uchun o‘yin va ijodiy to‘plamlar mavjud — bularni ofitsiantdan so‘rashingiz mumkin.

Iltimos, ota-onalar bolalarini nazorat qilsinlar: restoranda nozik bezak buyumlari bor,

ular oson shikastlanishi mumkin.

 

Fikr-mulohaza va takliflar

Biz sizning fikringizni qadrlaymiz.

Agar siz izoh, taklif yoki tilak bildirmoqchi bo‘lsangiz —

siz uchun har doim “tajriba daftari” ochiq.

Логотип OKO — авторский гастробар в Ташкенте с атмосферной континентальной кухней и современным подходом к гостеприимству

Biz har bir uchrashuvni qadrlaymiz.

+998 95 111 28 88
Manzil: Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi, 152/1, 8-qavat
Ish vaqti:
18:00 – 00:00 (Yak, Sesh, Chor, Pay)
18:00 – 02:00 (Juma–Shanba)

🎄 Yangi yil bilan tabriklaymiz!
Biz bilan birga bo‘lganingiz uchun rahmat.
2026-yilda ham sizga ta’m va qulaylik atmosferasini ulashishda davom etamiz.
Yangi yil sizga ko‘proq quvonch va iliqlik olib kelsin.